APLda chemponlik kurashi tugadimi
O‘tgan mavsumda “Qizillar” nafaqat APLda, balki, Chempionlar Ligasida ham kurash olib borishgandi.
“Manchester Siti” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng “Liverpul” ochkolar sonini 34 taga etkazib oldi va eng yaqin raqobatchisidan 9 ochkoga oldinlab ketdi.
Endi “Qizillar”ning champion bo‘lishi aniqmi? Bu borada 2 xil munosabat bildirish mumkin, biri Klopp tomonidan aytildi:
“Siti”dan 9 ochko oldinda bo‘lish – bu shunchaki fantastika! Chempionat boshida bunga ishonish juda qiyin edi. Lekin bu hali hech nima degani emas, noyabr oyida birinchi o‘rinda turishing hech nimani anglatmaydi. May oyida birinchi bo‘lish bu boshqa gap. Haqiqiy bosimni hali his qilmadik. Bizda hozir shunchaki imkoniyat bor va biz bu imkoniyatdan maksimal foydalanishimiz kerak.
Ikkinchi munosabatni esa Mourino bildirdi:
Men deyarli aminmanki, APLda chempionlik kurashi nihoyasiga etdi. Agarda “Liverpul” jarohatlar epidemiyasidan omon chiqa olsa, chempionlik ularniki.
Xo‘sh, “Liverpul” noyabr oyidayoq 9 ochko oldinda. Siz nima deb o‘ylaysiz, ular champion bo‘la olishadimi?
“Ha” – “Liverpul” chempionlikni qo‘ldan boy bermaydi. “Yo‘q” – APLda chempionlik poygasi davom etadi.
“Ha”. Mavsumning qoyilmaqom boshlanishi.
Raqobatchilarining natijalariga qaramasdan, “Liverpul” mavsum startini ajoyib boshadi. 12 turda 11 ta g‘alaba va 34 ta jamg‘arilgan ochko “Liverpul”ni musobaqaning eng kuchli kubi deya e’tirof etilishini ta’minlaydi. Mavsum boshida jamoaning birinchi raqamli darvozaboni jarohat oldi. Alissonsiz “Qizillar” qator g‘alabalarga erishdi. 2 yil oldingi mavsumda “Man Siti” xuddi shunday 34 ochko jamg‘argan edi va mavsum so‘nggida tarixiy 100 ochko bilan champion bo‘lgan edi. O‘tgan mavsumda 12 turdan so‘ng “Liverpul”da 30 ochko va “Manchester Siti”da 32 ochko bor edi. Klopp jamoasi bu mavsumda ajoyib natija ko‘rsatmoqda.
“Yo‘q”. Mavsumning eng keskin qismlari hali oldinda.
APL taqvimi qanday tuzilganligi haqida bilamiz, kuz ular uchun shunchaki tayyorgarlik davri, haqiqiy kurash dekabrda boshlanadi. Haftada 3 marta o‘yin o‘tkazishga ham majbur bo‘lishadi. Aynan mana shu haftasiga 3 ta tur o‘tkazilishi, “Liverpul”ning nozik tomonlaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, Mourinoning fikrlariga qo‘shilish to‘g‘rimikan? Hammasi oldinda, hamma narsa o‘zgarib ketishi mumkin. Hali shunchaki noyabr.
“Ha”. “Manchester Siti”dan 9 ochko oldinda
Hamma ham Pepning “Siti”sidan 9 ochko olinlab keta olmaydi. Uni ustiga Gvardiola ham dekabrdagi daxshatli turlar to‘sig‘idan o‘tadi. O‘tgan mavsumda Pep jamoasi dekabrdagi 7 ta o‘yinning 3 tasida mag‘lubiyatga uchragan edi. Demak, chempionlik kurashi deyarli yakuniga etgan deb hisoblasak bo‘ladi.
“Yo‘q”. “Manchester Siti” chekinmaydi
Bernardo Silva aytib o‘tganidek, “Shaharliklar” oxirigacha kurashadi. Pepning salohiyatini va jamoaning nimalarga qodirligini unutmasligimiz kerak. Ular istalgan payt “Liverpul”ga bosim uyushtirib chempionlik kurashida liderga aylanishi mumkin.
“Ha”. Raqobatchilar endi yo‘q
“Enfild”dagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Siti” hatto ikkinchi o‘rinda ham emas. “Lester” va “Chelsi” munosib tarzda chempionlik poygasida qatnashmoqda. Ammo Rojers va Lempard jamoalarini chempionlik uchun potensiali kam ekanligini hisobga olsak, “Liverpul” bemalol raqobatchilarsiz qolganini nishonlasa ham bo‘ladi.
“Yo‘q”. Jamoaning qoniqarsiz zahirasi
Joze Mourino jarohatlar borasida to‘g‘ri aytdi. Haqiqatdan ham “Liverpul”da tarkib maqtanadigan darajada emas. 17-18 kishi asosiy tarkib talablariga javob beradi. Ammo bu kam. Bunda butun mas’uliyat jamoa liderlariga tushadi va ular charchab qolishlari mumkin.
“Ha”. “Liverpul” e’tiborli jamoa
Klopp boshchiligidagi jamoa mag‘ubiyatlarni ham ko‘rdi, bosim ostida qoldi, muxlislar hafsalasini pir qilishdi. Ammo hammasi ularning foydasiga ishladi. O‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi. Bu bilan jamoa xarakter ko‘rsata oldi. Demak endi chempionarga xos tarzda harakat qiladi.
“Yo‘q”. APLning boshqa jamoalari yo‘l qo‘yishmaydi
APL shunday chempionatki, unda 20-o‘rindagi jamoa bemalol 1-o‘rindagi jamoani mag‘lubiyatga uchratadi. Shunday ekan, “Liverpul”ning champion bo‘lishiga qolgan 19 ta jamoa qarshilik qiladi.
“Ha”. Aniq maqsad
O‘tgan mavsumda “Qizillar” nafaqat APLda, balki, Chempionlar Ligasida ham kurash olib borishgandi. Ikkala frontda kurash olib borish qiyin va natijada faqatgina Chempionlar Ligasi bilan chegaralanib qoldi. Nufuzli turnirdagi g‘alaba Klopp jamoasining ishtahasini ochib yubordi va bor e’tibor Angliya Premer Ligasiga qaratildi. Maqsad esa chempionlik.
Rezyume. Qaysidir ma’noda Mourino to‘g‘ri gapirgan
Haqiqatdan ham “Liverpul” bor e’tiborini APLga qaratgan. Klopp ham jamoani erkin bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agarda jarohatlar pand bermasa, boshqa to‘siqlardan bemalol o‘ta olishiga to‘laqonli ishonyapti, jamoa.

Izohlar (0)