APLning 4 ta klubi Nikolas Jekksonga qiziqmoqda

  • 21.02.2026 14:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" "Chelsi"dan ijaraga olingan hujumchi Nikolas Jeksonni sotib olmaydi. Yozda senegallik hujumchi Londonga qaytadi va katta ehtimol bilan "koʻklar" safini tark etadi. Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 24 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted", "Nyukasl Yunayted", "Tottenxem" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda. "Chelsi" Jeksonning "Bavariya"dagi faoliyati davomida transfer narxi pasayganini tushunmoqda, ammo londonliklar hujumchini qancha sotishga tayyorligi aytilmagan.

Joriy mavsumda Jekson barcha musobaqalarda 22 ta oʻyinda maydonga tushib, beshta gol va bitta assist qayd etdi. Futbolchining London klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining bozor narxi 45 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!