Arbeloa "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
Alvaro Arbeloa Barselonaga qarshi kechgan bahsdan keyin oʻz fikrlarini bildirdi.
"Oʻyin biz uchun juda ogʻir stsenariy boʻyicha boshlandi. Qarshimizda hisobda oldinga chiqganda toʻpni yaxshi nazorat qiladigan va pozitsion oʻyinni yuqori darajada tashkil etadigan kuchli raqib bor edi. Afsuski, bizda boʻlgan imkoniyatlardan hech boʻlmaganda bittasini golga aylantira olmadik. Men futbolchilardan oxirigacha kurashishni soʻradim va jamoa shuni qilishga harakat qildi."
Erik Garsiyaning Bellingemga nisbatan ishlatgan harakati haqida gapirar ekan, Arbeloa bu epizodda VAR aralashishi kerak boʻlganini taʼkidladi.
"Mening fikrimcha, u yerda aniq tirsak bilan zarba bor edi. Nega VAR aralashmaganini tushunish qiyin. Ammo shunga qaramay, “Barselona”ni chempionlik bilan tabriklayman. Oʻyin ular uchun ilk daqiqalardanoq yaxshi kechdi."
Murabbiy muxlislarga ham murojaat qildi:
"Hozir soʻz topish qiyin. Biz muxlislarning xafaligi, noroziligi va gʻazabini yaxshi tushunamiz. Qila oladigan yagona ishimiz — ishlashda davom etish va bu mavsumdagi xatolardan xulosa chiqarish. “Real” har doim qayta olgan. Biz koʻp marta yiqilganmiz va yana oʻrnimizdan turganmiz. Lekin vaziyatni oʻzgartirish kerakligini yaxshi tushunib turibmiz."
Mavsumning qolgan qismi haqida:
"Endi zimmamizda yanada katta masʼuliyat bor. Mavsum amalda yakunlangan boʻlsa ham, biz boʻshashishga haqqimiz yoʻq. Biz maydonga har doim gʻalaba uchun chiqishimiz kerak, chunki biz “Real” emblemasini himoya qilamiz. Oldinda uchta muhim oʻyin bor va ularda gʻalaba qozonishimiz shart", — dedi Alvaro Arbeloa.
Maʼlumot uchun, kataloniyaliklar oʻz maydonida "Real"ni 2:0 hisobida magʻlub etdi. Shu tariqa, madriddliklar mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan boʻldi.