Arbeloa: “Bu to‘rt oy men uchun katta tajriba va maktab bo‘ldi”

  • 17.05.2026 16:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyalik mutaxassis yanvar oyida "qaymoqlilar"ni boshqargan, bungaча u yoshlar jamoasida ishlagan.

– Siz yaxshi kayfiyat bilan ketyapsizmi yoki aksincha, mag'lubiyat hissi bilan ketyapsizmi?

– Men uchinchi diviziondagi jamoa murabbiyi sifatida keldim va Chempionlar ligasida o'yinlarni boshqargan La Liga klubi murabbiyi sifatida ketyapman.

Bu to'rt oy men uchun katta tajriba va maktab bo'ldi. Hatto siz bilan muloqot qilish ham o'ziga xos magistratura hisoblanadi. Men hotirjam ketaman.

– Muxlislar va jamoa sizni qanday eslab qolishlarini istardingiz?

– "Real"ning millionlab muxlislari bor: kimdir men bilan ko'proq, kimdir kamroq rozi bo'ladi. Ammo men muxlislarning qo'llab-quvvatlashi va mehrini his qilyapman.

43 yoshdaman va 20 yilni "Real"da o'tkazdim. Bu men o'z uyim deb hisoblagan joyda juda ko'p yillar.

– Bu davrda eng qiyini nima edi?

– Bu klubdagi eng qiyin narsa – g'alaba qozona olmagan paytlaring. Meni eng ko'p xafa qilgan narsa — o'yinchilarga sovrinlarni qo'lga kiritishda yordam bera olmaganimdir. Talablar darajasi, elkamizda yotgan qancha-дан-канча odamlarning umidlari tufayli. Aynan men ularga g'alaba qozonishlariga yordam bera olmaganim menga eng katta og'riq beradi, – dedi Arbeloa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!