Arbeloa "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alabani izohladi
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Manchester Siti"ga qarshi qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men ishonqan edim. Axir ishonchli gapirmagandimmi? Raqibimiz va Pep maydonga tushirgan tarkibni hisobga olsak, bu Evropadagi eng kuchli jamoalardan biri. Gap faqat 11 futbolchi haqida emas, balki 20 nafar yuqori saviyadagi o‘yinchi haqida ketyapti.
Ular so‘nggi vaqtlarda juda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgandi, ketma-ket g‘alabalarga erishdi. Bizda esa asosiy futbolchilardan bir nechta yo‘q edi, yetakchilar, bunday o‘yinlar taqdirini hal qiladigan o‘yinchilar maydonga tusha olmadi.
Lekin biz — "Real". Bu jamoa har qanday ishga qodir va hech kimga yon bermaydi. Men o‘yin oldidan ularning ko‘ziga tik qarashimizni aytgandim va biz buni amalga oshirdik. Men shunday deyman, chunki bunga ishonaman. Ba’zan, har doim bo‘lmasa ham, haq bo‘lib chiqaman", — dedi Arbeloa.
Fikrlar