Arbeloa "Manchester Siti"ga qarshi javob o'yinida ham g'alaba qozonishni istaydi
"Real Madrid" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasining 1/8 final doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob bahsi haqida fikr bildirdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, jamoasining vazifasi maydonga fidoyilik bilan chiqib, g‘alaba qozonishdir. Shuningdek, murabbiyning qo‘shimcha qilishicha, buni amalga oshirish ancha qiyin bo‘ladi.
"O‘yin va raqib qiyin bo‘lishini juda yaxshi tushunamiz, ammo agar jamoa g‘alaba qozonib, oldinga o‘tmoqchi bo‘lsa, unda o‘ta yuqori darajadagi futbol ko‘rsatish kerak," - deya Arbelоaning so‘zlarini keltiradi AS.
Ma’lumot uchun, ikki klub seshanba kuni Manchesterda o‘zaro kuch sinashadi. Dastlabki uchrashuvda madridliklar o‘z maydonida 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar