Arbeloa o‘z futbolchisini ortiga qaytarib yubordi

  • 13.02.2026 03:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o‘ng qanot himoyachisi David Ximenesni yana "Kastilya"ga qaytarishga qaror qildi.

21 yoshli futbolchi yaqinda La Liga doirasida "Valensiya"ga qarshi bahsda (2:0) asosiy tarkibda maydonga tushgan edi. Yosh ispaniyalik o‘yinchi o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi va ommaviy axborot vositalari uni murabbiy kutilmalaridan ham yuqori o‘ynaganini ta’kidlagan edi.

Biroq vaziyat o‘zgardi. Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, Arbeloa Daniel Karvaxal bilan suhbatdan so‘ng Ximenesni yana "Kastilya"ga yuborishga qaror qilgan. Ko‘rinishicha, 34 yoshli tajribali futbolchi shaxsiy muloqot davomida murabbiyni o‘z salohiyatiga ishon tira olgan.

Kutilishicha, Karvaxal yaqin uchrashuvlarda yana asosiy tarkibga qaytib, unga jarohatdan sog‘aygan Trent Aleksander-Arnold raqobatchi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!