Asosiy mazmunga oʻtish
Arbeloa: "Real" muhim o'yin oldidan ishonchli g'alabaga erishdi"

Arbeloa: "Real" muhim o'yin oldidan ishonchli g'alabaga erishdi"

  • 0
  • Futbol

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liga doirasida "Espanyol"ga qarshi kechgan va 2:0 hisobida yakunlangan bahs haqida fikr bildirdi.

"So‘nggi paytlarda quruq o‘yinlarimiz kamayib ketgan edi, bu jihat juda muhim. G‘alabadan juda mamnunman. Biz maydonda to‘liq ustunlik qildik va juda yaxshi mehnat qildik.

Vinisius Juniyor yana bir bor ajoyib o‘yin namoyish etdi. U gol urishi, assist berishi mumkin, to‘pni qabul qilgan har bir holatda xavf yaratadi. U yana jamoaning yetakchisi bo‘ldi.

Oldimizda juda muhim o‘yin turibdi — kuchli raqibga qarshi bahs. Bu uchrashuv muxlislar va biz uchun alohida ahamiyatga ega. Yaxshi dam olib, sifatli tayyorgarlik ko‘ramiz", — dedi mutaxassis klub telekanali efirida.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q