Arbeloa "Real"da qancha muddat qolishini aytdi
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoadagi kelajagi haqida gapirdi. Ispaniyalik mutaxassis hozirda faqat ish haqida o‘ylayotganini ta’kidladi.
"Men bu haqida o‘ylamayman, qiziqtirmaydi. "Siti" bilan o‘yin "Real" muxlislarini tashvishga solishda davom etishi meni xavotirga solmoqda. Men bu yerda qancha kerak bo‘lsa, shuncha bo‘laman va oxirgi kungacha juda baxtli his qilaman o‘zimni," - dedi Arbeloa.
Ma’lumot uchun, u Xabi Alonsoning o‘rniga bosh murabbiy etib tayinlangan. Arbeloa boshqaruvida madriddliklar Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Manchester Siti"ni yirik 3:0 hisobida taslim etishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar