Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Arbeloa yana ishdan haydalishi kutilyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Unga oxirgi imkoniyatni berishdi

Angliyaning «Fulxem» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa lavozimini yo‘qotish ostonasida turibdi. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Angliya Premer-ligasining oltinchi turida «Fulxem» mehmondа «Ipsvich»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Nashr manbalariga ko‘ra, klub rahbariyati Arbelоaga vaziyatni tuzatish uchun bor-yo‘g‘i ikki o‘yin muhlat bergan.

Ma’lumotlarga qaraganda, mutaxassis oldiga aniq vazifa qo‘yilgan: Premer-liganing navbatdagi ikki uchrashuvida — «Xall Siti» va «Koventri»ga qarshi o‘yinlarda kamida to‘rt ochko jamg‘arish kerak. Agar bu ko‘rsatkichga erishilmasa, murabbiy almashishi ehtimoli juda yuqori ekani aytilmoqda.

Hozircha «Fulxem» jadvalda eng oxirgi o‘rinni egallab turibdi — jamoa olti turdan so‘ng bor-yo‘g‘i ikki ochko to‘plagan. 2026 yili Arbeloa «Real» klubini boshqargan, ammo u yerda faqat yanvardan maygacha ishlagan, shundan so‘ng iyul oyida «Fulxem»ni qabul qilib olgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q