Arbeloa yangi klub bilan muzokara o‘tkazdi

  • 11.06.2026 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yakunlangan mavsumning ikkinchi qismida "Real" bosh murabbiyi boʻlib ishlagan Alvaro Arbeloa oʻziga yangi jamoa qidirmoqda. 

Maʼlumki, "Qirollik klubi" muvaffaqiyatsiz oʻtgan mavsumdan keyin Arbelоani bosh murabbiylikdan ozod etgan edi. 

Ispaniyalik mutaxassis yangi mavsumni Angliyada boshlashi mumkin. "Fulxem" klubi Alvaro Arbelоaga ishonch bildirishga tayyor. 

Alvaro Arbeloa Angliya klubi rahbariyati bilan bosh murabbiy lavozimida ishlash boʻyicha muzokaralar oʻtkazyapti.

Agar tomonlar kelishuvga erishsa, u yaqinida "Benfika"ga yoʻl olgan Marku Silvaning oʻrnini egalashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!