Arda Gyuler eplolmadi, boshqa oʻyinchi kerak!
Madridning “Real” klubida maydon markazini ushlay oladigan mahoratli yarim himoyachi qidirish ishlarini davom ettiradigan bo‘ldi. Bu ehtiyoj Luka Modrich jamoani tark etganidan keyin paydo bo‘ldi.
Bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaga kelganidan keyin Luka Modrich o‘rnida turkiyalik iqtidоr egasi Arda Gyulerni o‘ynatib ko‘rdi. Biroq natija kutilganidek bo‘lmadi.
Klub rahbariyati hozirgi tarkibda Luka Modrich darajasida o‘ynay oladigan ijrochi yo‘qligini allaqachon fakt sifatida qabul qilib bo‘ldi. Bu haqida Madrid Zone va ESPN kabi nufuzli manbalar xabar bermoqda.
Endi “Real” transfer bozorida Modrich vazifalarini o‘z zimmasiga olishga qodir yangi yarim himoyachini qidirmoqda. Variantlardan biri — Niderlandiyaning “AZ Alkmaar” klubida to‘p surayotgan 19 yoshli Kes Smit.
Shu bilan birga, Arda Gyulerning kelajagiga hech qanday xavf yo‘q. U faqat o‘zi uchun odatiy bo‘lgan pozitsiyalarda ishlatiladi. Qiziqishi shundaki, Luka Modrich o‘tgan yozda “Real”ni tark etishni istamagan edi. Biroq “Qirollik klubi” rahbariyati yosh futbolchilarga ustuvorlik berishga qaror qilgan.
Fikrlar