Argentinaда ҳам катта йўқатиш

  • 21.06.2026 08:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi himoyachisi Gonsalo Montyel mushakdagi jarohati sababli jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Avstriyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi ma’lum qilindi. Jurnalist Gaston Edulning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, futbolchida tizza ortidagi bog‘lamlarda ortiqcha zo‘riqish aniqlangan. Mutaxassislar Montyelning yaqinlashib kelayotgan o‘yingacha to‘liq tiklanishiga umid qilishmayapti.

Shu bilan birga, 28 iyunda Iordaniyaga qarshi 3-tur bahsida ham himoyachining maydonga tushishi hali noma’lum. Terma jamoa shtabi uning ahvoli yaxshilansa, cheklangan daqiqalarda o‘yinga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq murabbiylar orasida yanada ehtiyotkor yondashuv – futbolchini pley-off bosqichigacha to‘liq sog‘ayishini kutgan holda asrab qolish varianti ham muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining ilk uchrashuvida Argentina amaldagi jahon chempioni sifatida Aljir ustidan g‘alaba qozongan, bu o‘yinda hujumchi Lionel Messi xet-trik qayd etgan edi. Jahon chempionati–2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika hududlarida o‘tkazilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!