Argentina dan yana bir tarixiy rekord!
Argentina terma jamoasi jahon chempioni bo‘ldi. Qatar turniri finalida Lionel Messi jamoadoshlari o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida Frantsiya ustidan g‘alaba qozonishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu Argentina terma jamoasining jahon chempionatlaridagi penaltilar seriyasida qozongan oltinchi g‘alabasi bo‘ldi. Bu esa mundiallar tarixidagi yangi rekord hisoblanadi. Bungacha hech bir jamoa jahon chempionati uchrashuvlarida penaltilar seriyasida bunchalik ko‘p g‘alaba qozonmagan.
Bundan tashqari, Argentina penaltilar seriyasidan so‘ng chempionlikni qo‘lga kiritgan uchinchi jamoa bo‘ldi. Bunday g‘oliblikni birinchi bo‘lib 1994 yilda Braziliya termasi, ikkinchisi marta esa 2006 yilda Italiya terma jamoasi qo‘lga kiritgan.
Fikrlar