Argentina muxlislari uchun xushxabar!
Emiliano Martines jarohatdan to‘liq tiklanib, 2026 yildgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasining birinchi o‘yiniga tayyor.
«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines 2026 yildgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasining birinchi oʻyiniga tayyor.
AS nashri xabar berishicha, Lionel Skaloni shogirdlarining soʻnggi mashgʻulotida Martines hech qanday cheklovlarsiz toʻliq hajmda shugʻullangan. Uning Aljirga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 20 may kuni «Frayburg»ga qarshi Yevropa Ligasi finali oldidan Martines barmogʻini sinidirgandi, shunga qaramay, butun oʻyinni oʻtkazib, «Aston Villa»ning 3:0 hisobidagi gʻalabasiga katta hissa qoʻshgan.
Argentina terma jamoasi tarkibidagi holatga toʻxtaladigan boʻlsak, Martinesdan tashqari yaqinda jarohat olgan himoyachi Nikolas Talyafiko va yarimhimoyachi Leandro Paredes ham deyarli toʻliq tiklandi.
Izohlar (0)