“Argentina Open – 2018” dastlabki finalchining nomi aniq bo‘ldi

Slovakiyalik tennischi Alyaj Bedene “Argentina Open – 2018” turnirining yarim finalida mezbon Federiko  Delbonisga qarshi kortga chiqdi.

Uch set davom etgan o‘yinda  Alyaj raqibini 6:4, 2:6, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Bedene finalda avstriyalik Dominik Tim va frantsiyalik Gael Monfis uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!