
Arman Tsarukyan: "Bu jangni muxlislardan ham ko‘proq xohlagan edim"
Rossiya va Armaniston sharafini himoya qilayotgan UFC jangchisi Arman Tsarukyan engil vazn sobiq chempioni Islam Maxachevga qarshi bahsning nega amalga oshmaganini tushuntirdi.
"Boshqacha tafsilotlar yo‘q. Bu jang uchun juda ko‘p kuch sarfladim, uzoq vaqt kutdim. Mazkur to‘qnashuvni muxlislardan ham ko‘proq xohlagan edim. Lekin organizmim buni ko‘tara olmadi va ishdan chiqdi... Bel og‘rig‘i qanday og‘riq ekanini faqat shunday og‘rig‘i mavjud insonlar tushunadi. Menda bu muammo ancha vaqtdan beri bor edi va u eng muhim pallada pand berdi. Biroq to‘g‘ri qaror qabul qilganimga ishonaman: mening vaqtim hali oldinda", – dedi Arman.
Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan va Maxachev titul jangi shu yilning yanvar oyida o‘tkazilishi kerak edi, ammo Arman jarohat sabab qatnasha olmagandi.
Fikrlar