Arman Tsarukyan: "Charlz Oliveyra, sen meni engib, g‘alabangni do‘stingga bag‘ishlashing mumkin edi"

  • 18.08.2026 14:31
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan braziliyalik Charlz Oliveyrani u bilan jangdan qochganlikda ayblamoqda.

"Menga Charlzning do‘sti vafot etgani va u vaqtincha mashq qila olmasligini aytishgandi. Biroq men ayni damda bir narsaga tushunmayapman. Oliveyra do‘stining o‘limidan uch-to‘rt kun o‘tib, yana lagerga qaytdi. Menimcha, u va UFC allaqachon Diego Lopes bilan jang haqida kelishib olishgan. Balki Charlz shunchaki bahona topgandir. Yana ham bilmadim. Har bir inson har xil. To‘g‘ri, kimnidir yo‘qotish og‘ir. Ammo, Oliveyra, sen meni engib, g‘alabangni do‘stingga bag‘ishlashing mumkin edi. Menimcha, endi promoushen Charlz va Diego Lopes o‘rtasida BMF kamari uchun jang o‘tkazadi", - dedi Arman.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida boshida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, "UFC 331" turnirida Tsarukyan va Oliveyra BMF kamari uchun kurashishi kerak edi. Lekin braziliyalikning jamoadoshi dunyodan o‘tgach, mazkur bahs bekor bo‘ldi. Keyin oradan 13 kun o‘tib, Oliveyra va Lopes qarama-qarshiligi e’lon qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!