Arman Tsarukyan: "Den Xuker parterdan yaxshi himoyalanadi, biroq kurashni bilmaydi"

  • 4 oktabr, 01:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiya va Armaniston sharafini himoya qilayotgan UFC jangchisi Arman Tsarukyan bo‘lajak jangi oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"MMAda hamma narsa qiyin. Avval mashg‘ulot lagerida qiynalasiz, keyin vazn tashlashda! So‘ng oktagonga chiqib jang qilishingiz ham lozim. Xuker – baland bo‘yli, qo‘l-oyoqlari uzun yigit. Parterdan yaxshi himoyalanadi. Lekin u kurashni bilmaydi. Aynan erkin kurashda himoyasi unchalik ham mukammal emas. Men bundan foydalanishim kerak", – dedi Arman.

Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan va Den Xuker tqo‘nashuvi 22 noyabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tadigan "UFC Fight Night" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!