Arman Tsarukyangа titul jangini bering!

  • 22.09.2026 01:22
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"UFC 331" turnirida Arman Tsarukyan 1 raunddayoq Maurisio Ruffini nokaut qilgach, liga sharhlovchisi Jo Rogan ajoyib taklif berdi.

"Tsarukyangga titul jangini bering. Bu yerda muhokama qiladigan boshqa narsa yo‘q. Qarshingizda birinchi raqamli da’vog‘ar turibdi. Hech qanday "agarda" va "lekin"larsiz. Bu yigit tirsagi bilan Rufini sharpalar saltanatiga jo‘natdi. Shunchaki ajoyib. Hatto oxirgi marta kimdir raqibini tirsak bilan nokautga uchratganini eslay olmayman", - dedi Rogan.

UFC rahbari Dana Uayt ham Armaning g‘alabasini e’tirof etdi, biroq uning chempionlik poygasidagi o‘rni haqida aniq javob berishdan qochdi va divizionning amaldagi chempioni Jastin Getji bilan bahs hozircha noma’lum ekanini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!