Arne Slot o‘rniga munosib nomzod topildi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot lavozimidan ozod qilinsa, uning o‘rnini Stiven Jerrard egallashi mumkin.
Mavsumni omadsiz tarzda davom ettirayotgan "Liverpul" yaqin kunlarda murabbiy almashtirishi mumkin. Arne Slot iste’foga chiqarilgan taqdirda, uning o‘rnini klub afsonasi Stiven Jerrard egallashi ehtimoli mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, angliyalik sobiq futbolchi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Slot 2024 yilning yozida Yurgen Klopp o‘rniga "qizillar"ning bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Ma’lumot uchun, niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida mersisaydliklar o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida chempionlikni tantana qilgan edi.
Fikrlar