Arne Slot: "Raqiblar bizning o‘yinga boshqacha yondashyapti"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoaga raqiblar hozir va o‘tgan mavsumda qanday yondashgani haqida gapirdi.
"Bu mavsumda standart holatlardan gol urishga yaqin bo‘ldik, yaratilayotgan imkoniyatlar sonidan juda mamnunman. Lekin hozircha gol yo‘q. Bu omadsizlikmi? Ha, ayni paytda bizga biroz omad etishmayapti. Agar butun mavsum davomida shunday bo‘lsa, ehtimol, boshqa sabablar ham bordir.
Asosiy farq – o‘tgan mavsumning birinchi qismida va ikkinchi qismida o‘yindan uriladigan gollarda edi. Biz hech narsani o‘zgartirganimiz yo‘q, ammo raqiblar bizga qarshi o‘yinlarda ko‘p narsani boshqacha qila boshladi.
Kloppdan qolgan sovg‘alarning biri – jamoaning oldingi mavsumlarda 3 va 5-o‘rinda bo‘lishi edi. Shu bois, yangi murabbiy kelganida barcha: "Qani, endi "Liverpul"ga qarshi o‘ynaylik!" deb chiqdi.
Mavsumning birinchi yarmida raqiblar bizga butunlay boshqacha o‘ynashdi. Hatto ichki chempionatdayam va Chempionlar ligasidayam yuz berdi.
Bu holat hozirgi mavsumda ham yuz bermoqda. Biz bunga javob topishimiz kerak. O‘tgan mavsumda standart holatlar shuning echimi edi – ko‘plab jamoalar past blokni aynan shu orqali yorib o‘tardi. Ammo bu mavsumda biz hali bunday yo‘l bilan gol urmadik", – deya ta’rif berib o‘tdi mersisaydliklar mutaxassisi.
Fikrlar