
Arne Slot: "Virts - uzoq muddatli loyixa"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Bayer"dan sotib olingan Florian Virts va klubning transfer siyosati haqida gapirdi.
"Ha, bu "Liverpul"ning qanday darajada rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Biz shunchaki "Qani, yarim ximoyachi sotib olaylik-chi" deb o‘ylamayapmiz. Balkim yosh va iqtidorli shu bilan birga ko‘p qirrali futbolchilar olib kelmoqdamiz. Bu uzoq muddatli loyixa.
Jamoani kuchaytirishi va unga yangiliklar kiritishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni ko‘z ostimizga olamiz. So‘ngra ularni qo‘lga kiritishga xarakat qilamiz. Florian biz bilan yaxshi muloqotda edi va biz uni jamoaga olib kela olishimizga ishongan edik" , - deydi Slot.
Ma’lumot uchun, "Liverpul" Virtsni "Bayer"dan 125 million evro evaziga sotib oldi.
Fikrlar