«Arsenal» «Bavariya» himoyachisini sotib olmoqchi
«Arsenal» qishki transfer oynasida yangi markaziy himoyachi olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar tarqatdi Teamtalk nashri.
London klubi skautlari diqqat markazida hozirda «Bavariya» safida to‘p surayotgan Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi Kim Min Je turibdi. Futbolchiga bo‘lgan qiziqishni poytaxtning yana bir jamoasi – «Tottenxem» ham namoyon etmoqda.
29 yoshli himoyachi qiymati Transfermarkt portali tomonidan 20 million yevro atrofida baholangan. Kim Min Jening «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsum Germaniya Bundesligasida tajribali markaziy himoyachi uchta uchrashuvda maydonga tushdi va bir marta ogohlantiruv olib, sariq kartochkaga mukofotlandi.

Fikrlar