"Arsenal"dan norozi Dьyokeresh ketadigan boʻldi
Agentlar ish boshladi
Ingliz nashri Caught Offside xabariga koʻra, "Arsenal" klubi hujumchisi Viktor Dyoʻkeresh jamoadagi hozirgi maqomidan mamnun emas.
Shvetsiyalik futbolchining vakillari allaqachon uning kelajagini bir qator grandlar – "Milan", "Yuventus", shuningdek Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" va "Al-Ittihod" klublari bilan muhokama qila boshlagan.
Shu bilan birga, "Arsenal" rahbariyati hozircha hujumchini sotishni asosiy maqsad sifatida qoʻymayotgani aytilmoqda. Biroq qishki transfer oynasidan jamoaga yana bir yangi forvard qoʻshilishi ehtimoli bor, bu esa Dyoʻkereshning oʻyin amaliyotiga yanada taʼsir qilishi mumkin.
Dyoʻkeresh joriy mavsumda hali gol urmagan va golli pas ham bermagan. U barcha musobaqalar doirasida beshta oʻyinda maydonga tushgan. Futbolchining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha moʻljallangan. Mutaxassislar uning transfer qiymatini taxminan 65 million yevro atrofida baholamoqda.
Izohlar (0)