"Arsenal" futbolchisini Bundesliga klubiga ijaraga berib yubordi

  • 06.10.2020 09:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzi yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunida "Gerta"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, berlinliklar 21 yoshli frantsiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olgan.

Genduzi 2018 yildan buyon "Arsenal" futbolchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida 82 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U bundan avval "Loryan" klubida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!