
“Arsenal” katta transferga qo‘l urmoqda
Ikki mavsumdan beri chempionatning yakuniy qismida “Manchester Siti”dan ortda qolib ketayotgan “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta tarkibiga yuqori malakali hujumchi qo‘shishga qaror qildi.
Todofichajes nashrining ta’kidlashicha, “kanonirlar” ustozi jamoaga “Inter” to‘purari Lautaro Martinesni olib kelmoqchi.
26 yoshli argentinalik jahon chempioni bu mavsum 24ta gol bilan to‘purarlar bahsida g‘olib chiqdi va jamoasining skudettoni qo‘lga kiritishiga katta yordam berdi.
Mikel Artetaga Lautaro Martinesning hujumlarni samarali yakunlay olish qobiliyati juda ma’qul kelgan.
Klub rahbariyati bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bu transferga 90 million evro ajratishni mo‘ljallayapti.
Fikrlar