"Arsenal" minimal hisobda g'alaba qozondi, Haverts yagona golga muallif bo'ldi
Angliya Premier-ligasining 37-turidan o‘rin olgan bahsda "Arsenal" o‘z maydonida "Börnli"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yindagi yagona gol 37-daqiqada kiritildi. Kay Haverts burchak to‘pidan keyin boshi bilan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Nemis futbolchisining goli uchrashuvdagi g‘alaba goliga aylandi.
Londonliklar ushbu g‘alaba orqali chempionlikka yanada yaqinlashishdi.

Fikrlar