"Arsenal" Obameyang o‘rniga ispaniyalik hujumchini olib kelmoqchi
"Valensiya" klubi forvardi Rodrigo Moreno faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchini "Arsenal" o‘z safida ko‘rmoqchi. "Kanonirlar" uni yozda jamoadan ketishi kutilayotgan Per-Emerik Obameyang o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rishmoqda.
Londonliklar allaqachon Rodrigoning transferi bo‘yicha “ko‘rshapalaklar”ga taklif yuborishgan, ammo ularning qancha pul taklif qilishayotgani hozircha noma’lum. Taxminlarga qaraganda, ushbu transfer 52-57 mln evro atrofiga baholanmoqda.
Rodrigo “Valensiya” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 117 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 31 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar