"Arsenal" o‘z tarixidagi rekord transferni amalga oshirishga tayyor!

  • 5 noyabr, 2024, 20:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Ko‘pdan buyon bu borada "kanonirlar"ning e’tibori "Nyukasl" forvardi Aleksandr Isakda ekani bo‘yicha OAVda mish-mishlar yuradi.

Tecno

Transfer News Live nashrining El Nacional nashriga tayanib xabar berishicha, "kanonirlar" 25 yoshli shvetsiyalik futbolchini qo‘lga kiritish maqsadida o‘zlari uchun rekord darajadagi 120 million evro mablag‘to‘lashga tayyor. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, "Arsenal" tarixidagi eng qimmat transfer - 116,6 million evroga tushgan. London klubi 2023 yilda "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays uchun aynan shuncha pul to‘lagan.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Isak joriy 2024/2025 yilgi mavsumda "Nyukasl" safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va  bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. U "qarg‘alar" safida 2022 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Isak faoliyati davomida "Borussiya" Dortmund va "Real  Sosedad" kabi jamoalarda ham o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!