"Arsenal" O‘zil va Papastatopulosni Evropa ligasi qaydnomasiga kiritmadi.
“Arsenal” tez orada Evropa ligasining yangi 2020/21 yilgi mavsumi uchun qaydnomani e’lon qiladi.
Football London nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “kanonirlar” yarim himoyachi Mesut O‘zil va himoyachi Sokratis Papastatopulosni ushbu qaydnomaga kiritmagan.
31 yoshli O‘zil bu mavsum “Arsenal” safida birorta ham o‘yinda ishtirok etmadi. U so‘nggi bor mart oyida maydonga tushgan edi.
32 yoshli Papastatopulos ham joriy mavsum startini o‘tkazib yubordi.
"Arsenal" Evropa ligasining guruh bosqichida «Rapid», «Molde» va «Dandolk» klublariga qarshi bahs olib boradi.



Fikrlar