"Arsenal" "Portu" futbolchisiga qiziqib qoldi

  • 15.12.2020 23:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Portu"ning hujumkor yarim himoyachisi Fabio Vieyru faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.

Record nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Portugaliya grandi 20 yoshli futbolchini 30 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2022 yilga qadar imzolangan. Unga “Marsel” ham xaridor bo‘lmoqda.

Vieyra “Portu” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida asosiy jamoada 20 ta o‘yin o‘tkazishga erishdi va bu o‘yinlarda o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!