“Arsenal” “Real” orzusini ro‘yobga chiqarishga rozi bo‘ldi, faqat sharti og‘ir

  • 2 may, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun Evropaning eng yaxshi markaziy himoyachisi sifatida e’tirof etilayotgan Vilyam Salibani olishni istayapti.

Tecno

“Arsenal” o‘z o‘yinchisini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Biroq “kanonirlar”ni transferga ko‘ndirish yo‘li borligi aytilmoqda.

London klubi Salibani Madridga qo‘yib yuborishi mumkin. Buning uchun madridliklar Mikel Arteta ko‘zlagan futbolchini Angliyaga jo‘natishi talab etiladi.

Fichajes nashrining yozishicha, “Arsenal” maydon markazida jiddiy o‘zgarishlar qilmoqchi va murabbiylar shtabi bu pozitsiyaga Orelen Tchuameni munosib, degan xulosaga kelgan.

Shu bois, har ikki klub orzusidagi futbolchilarni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kelishib olishiga xizat qiladigan omillar paydo bo‘la boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!