Asosiy mazmunga oʻtish
"Arsenal" Saka bilan shartnomani uzaytirdi

"Arsenal" Saka bilan shartnomani uzaytirdi

Londonning "Arsenal" klubi Bukayo Saka bilan yangi shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda "The Athletic" nashri.

Manbaga ko‘ra, yangi shartnoma 2031yil yozigacha mo‘ljallangan. Uning "to‘pchilar" bilan amaldagi kelishuvi esa 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Ingliz qanot hujumchisi "Arsenal"ning yoshlar jamoasidan chiqqan. 24 yoshli futbolchi 2018 yilda Unay Emeri qo‘l ostida debut qilgan. Bukayo londonliklar safida barcha musobaqalarda 250 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan. Shuningdek, Angliya terma jamoasi safida deyarli 50 ta o‘yin o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, Saka bu mavsumda 27 ta o‘yinda qatnashib, yettita gol urdi va oltita golli uzatma amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q