Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Arsenal" va "Real" bir darvozabonni talashib qoldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hozir shunisi zo'r

«Aston Villa» klubining birmingemlik darvozaboni Dzion Sudzuki transfer bozorida eng ko‘p muhokama qilinayotgan futbolchilardan biriga aylandi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotlariga ko‘ra, yapon darvozabonga bir vaqtning o‘zida bir necha top-klublar qiziqish bildirmoqda. 

Xususan, Londonning «Arsenal»i, shuningdek «Manchester Siti», «Liverpul», «Real» va PSJ Sudzukini o‘z safida ko‘rishni o‘ylab ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dzion Sudzuki o‘tgan yozda «Parma» klubidan «Aston Villa»ga ko‘chib o‘tgan edi. U klub bilan 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Darvozabonning transfer bahosi taxminan 30 million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsum Angliya premer-ligasida 24 yoshli yapon posboni sakkiz o‘yinda maydonga tushib, darvozasidan to‘qqizta to‘p o‘tkazib yubordi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q