Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Arsenal" Xavertsning kelajagini hal qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Shu masala ochiq turgandі

Londonning «Arsenal» klubi nemis hujumchisi Kay Haverts borasida oʻz pozitsiyasini aniqlashtirdi.

Jurnalist Nikolo Skira tarqatgan maʼlumotga koʻra, amaldagi Angliya chempioni 27 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralarni boshlashga qaror qilgan. Hozirgi mehnat shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Kay Havertsning transfer qiymati taxminan 60 million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsum Angliya premyer-ligasida Kay «Arsenal» safida beshta uchrashuvda maydonga tushdi va ikki bor raqib darvozasini ishgʻol etdi.

Besh tur yakuniga koʻra, «Arsenal» 12 ochko jamlagan holda turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q