"Arsenal" yosh yulduzdan rad javobini oldi

  • 19.06.2026 09:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Lester»ning yosh vingeri Jeremy Monga hozircha Londonning «Arsenal» jamoasiga o‘tayotgani yo‘q. 16 yoshli angliyalik futbolchi uchun kurashda aynan «kanonirlar» yetakchi deb qaralmoqda, shuningdek, turli manbalarda yozilishicha, klub futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib ham olgan.

Biroq Arsenal Radar nashri ma’lumotiga ko‘ra, hozircha klublar o‘rtasida rasmiy kelishuv mavjud emas. «Lester» rahbariyati «Arsenal» tomonidan yo‘llangan dastlabki transfer taklifini rad etgan. 

Shu bilan birga, transfer ehtimoli yuqori saqlanib qolmoqda, chunki Monganing o‘zi amaldagi Premier-liga chempioni safini to‘ldirish istagini bildirgan.

Transfermarkt portali Jeremy Mongani 15 million yevro atrofida baholamoqda. O‘tgan mavsumda u Chempionship musobaqasida «Lester» tarkibida 27 o‘yin o‘tkazib, 1 gol va 2 golli uzatma muallifi bo‘ldi. Shunga qaramay, bu natijalar jamoani Angliya futbolida kuch jihatidan uchinchi divizionga tushib ketishdan asrab qolishga yetarli bo‘lmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!