“Arsenal”da katta yo‘qotish
“Arsenal”ning yangi hujumkor futbolchisi Xristos Tsolis son orti mushaklaridan olgan jarohati sabab uch haftagacha maydonga tusha olmasligi mumkin.
Tsolis bu jarohatni Millatlar ligasida Gretsiya terma jamoasining Niderlandiyaga qarshi uchrashuvining birinchi bo‘limida olgan. Bahs 2:2 hisobida yakunlangan.
24 yoshli futbolchi davolanish uchun terma jamoa ixtiyorini tark etib, muddatidan oldin “Arsenal”ga qaytdi.
Metro Gretsiyadagi manbasiga tayangan holda xabar berishicha, juma kuni o‘tkazilgan tekshiruv natijalari Tsolisning tiklanishi ikki-uch hafta davom etishini ko‘rsatgan.
Shu tariqa, eng yomon stsenariyda Tsolis “Arsenal”ning Premer-ligada “Lids” va “Nottingem Forest”ga qarshi, shuningdek, Chempionlar ligasida “Lill” va “Bavariya” bilan bo‘ladigan uchrashuvlarida jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.

Fikrlar