
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Chempionshipga ravona bo‘ldi
"Arsenal"ning sobiq himoyachisi Kalum Chembers Uelsning "Kardiff Siti" klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli angliyalik futbolchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv esa uch yilga imzolangan.
Chembersning bundan avvalgi jamoasi “Aston Villa” edi. U Birmingem klubiga ikki yil oldin Londonning "Arsenal" jamoasidan ko‘chib o‘tgan edi. Transfermarkt himoyachining narxini 4 million evroga baholamoqda. "Kardiff Siti" o‘tgan mavsumni Chempionshipda o‘tkazdi va 12-o‘rinni egalladi.
Fikrlar