Arshavin: "Barselona"ni "Real"dan ustun qo‘yaman
"Arsenal"ning sobiq forvardi Andrey Arshavin bo‘lajak "El-Klasiko" oldidan jurnalistlar savoliga javob berdi.
"Men har doim "Barselona" tomonida bo‘lganman. Nega ekanini bilmayman, biroq kataloniyaliklarga muxlislik qilish menga yoqadi. Qanday holatda bo‘lishimdan qat’iy nazar "Real"da o‘ynamagan bo‘lar edim. Hatto menga dunyoning barcha pullarini to‘lashgan taqdirda ham. Hayotda hech qanday pulga arzimydigan narsalar ham bor", - dedi rossiyalik sobiq futbolchi.
Ma’lumot uchun, "El-Klasiko" 26 oktyabr kuni soat 20:15 da start oladi.
Fikrlar