Arteta “Arsenal”ni chempion qiladigan to‘purarni chaqiryapti

  • 13.04.2024 13:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Mikel Arteta o‘rtamiyona jamoa darajasiga tushib qolgan “Arsenal”ni chempionlik uchun kurashadigan saviyaga olib chiqdi.

Endi ispaniyalik mutaxassis o‘z jamoasining hujum salohiyatini oshirishga urg‘u beryapti.

Ana shu maqsadda, “kanonirlar” yozda “Milan” hujumchisi Rafael Leauni transfer qilishni rejalashtirgan.

Jurnalist Fransua Platoning ma’lum qilishicha, “Arsenal” portugaliyalik forvardni asosiy transfer nishoni qilib belgiladi. Mikel Arteta Leauni transfer qilishga qarshi emasligini bildirdi.

Transfermarkt portali Rafael Leauni 90 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!