Arteta: "Dyokeresh o‘z kuchiga ishonadi"

  • 7 avgust, 17:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi ustozi Mikel Arteta jamoaning yangi a’zosi Viktor Dyokereshning mavsumoldi uchrashuvlaridagi o‘yini haqida fikr bildirdi. "To‘pchilar" o‘rtoqlik uchrashuvida "Vilyarreal"ga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Shvetsiyalik forvard maydonda 60 daqiqa harakat qildi.

Tecno

"Viktor 100 foiz, balki undan ham ko‘proq tayyor bo‘ladi. Dyokeresh o‘z kuchiga juda ishonadi, u tezda muvaffaqiyatga erisha oladi. Shu hafta ichida uning kayfiyatini ko‘rdim", - deya izoh berdi ispaniyalik mutaxassis OAV vakillari bilan muloqot chog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, skandinaviyalik goleador shu yozda Portugaliyaning "Sporting" klubidan kelib, Angliya top-klubi safiga qo‘shilgan edi. Shvetsiyalik futbolchi "kanonirlar" bilan 5 yillik mehnat shartnomasini imzolagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!