Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ham chorak finalda

Bekzod Isayev
Izohlar: 0

Asadxo‘ja chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev -67 kg vazn toifasida Samadurau Kirylga (Belarus) qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 19:15dan so‘ng boshlanadi.

Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qiladi.

Birinchi raundda Asadxo‘janing qo‘li baland keldi - 5:0.

Hamyurtimiz ikkinchi raundni ham o‘z foydasiga hal etdi - 5:0. 

Uchinchi raundda hakamlar bir ovozdan bokschimizning ustunligini qayd etishdi - 5:0. Yakuniy hisob 5:0 Asadxo‘ja chorak finalda. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q