Asadxўja Mўydinxўjaev to‘liq dominantlik bilan g‘alaba qozondi!
Ayni paytda Angliyaning London shahrida nufuzli professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda.
Biz uchun eng ahamiyatli jihati shundaki, ushbu kechada Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ham ringga ko‘tarildi. Olimpiada chempioni va uch karra jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan hamyurtimiz argentinalik Aleksis Torresga qarshi bahs olib bordi.
To‘liq 6 raund davom etgan jang mobaynida Asadxo‘ja o‘zining yuqori texnikasi, tezkorligi va ringdagi harakatlari bilan raqibiga yaxshigina saboq berib qo‘ydi. Har bir raundda bokschimiz tashabbusni qo‘ldan bermadi.
Yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba Mo‘ydinxo‘jaevga nasib etdi va u professional boksdagi ikkinchi g‘alabasini ishonchli tarzda qo‘lga kiritdi!

Fikrlar