Asal Rizaeva Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida terma jamoasi dastlabki medalni taqdim etdi
Saudiya Arabistonida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Bugun musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga ega chiqdi.
Qizlar o‘rtasida U23 yosh toifasida kechgan bellashuvlarda Asal Rizaeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz ushbu muvaffaqiyatga yakkalik ta’qib poygasi dasturida erishdi.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar