
Asensio Xavi qo‘l ostida to‘p tepishi mumkin. "Barsa"ga unda bor sifatlar yoqadi
"Real" Madrid yarim himoyachisi Marko Asensio "Barselona"ga o‘tishi mumkin.
Kataloniya klubi 26 yoshli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar tarqatmoqda.
"Ko‘k-anorranglilar" uning yoshi, darajasi va universalligini hisobga oldi. "Barsa" Markoni etuk futbolchi, deb hisoblaydi va uni asosiy tarkib futbolchisiga aylantirmoqchi.
26 yoshli xavbekning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuuniga etadi. "Real" u bilan shartnomani uzaytirmagan taqdirda, "Barselona" futbolchining agenti bilan muzokaralarga kirishishga tayyor.
Fikrlar