Asilbek Jalilov finalga yo‘l oldi

  • 08.12.2024 12:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Ayni vaqtda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi kun doirasida, 51 kg da Asilbek Jalilov Shri-Lanka vakili Pasindu Godakandalage bilan o‘zaro jang qildi. Bahs Asilbekning katta ustunligida kechdi. To‘liq 3 raunddan so‘ng yurtdoshimiz hakamlarning bir ovozdan qarori bilan g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir bokschimizning ham jangi kutib turibdi. Shahzod Muzaffarov va ukrainalik Elmir Nabievga qarshi ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!