Asror Aliqulov: "Dinamo" futbolchilarining saviyasi baland"

  • 18 aprel, 2023, 22:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidagi dastlabki bahsda “Qizilqum” Samarqandda “Dinamo”ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so‘ng navoiyliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugungi o‘yinga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Kubogi doirasida birinchi uchrashuv bo‘ldi. Ko‘proq o‘zizmizni o‘yinga e’tibor qaratdik. Etarli imkoniyat berilmayotgan futbolchilar va U21 jamoasidan o‘yinchilarni jalb qildik. Birinchi bo‘limda futbolchilarimiz yaxshi o‘ynashdi. Ikkinchi bo‘limda ozgina sustkashlikka yo‘l qo‘ydik hamda darvozamidan to‘p o‘tkazib yubordik. Yana “Dinamo”ga vaziyatlar yaratishiga imkon berdik. O‘yin oxiriga yaqin tarkibda o‘zgarishlar kiritdik. Futbolchilar harakat qildi. Boya ta’kidlab o‘tganimdek, ayrim futbolchilar U21 jamoasidan olingan va zaxirada qolayotganlarga ham imkoniyat berdik. O‘yin tomonlama yigitlarga hech qanaqa e’tirozimiz yo‘q.

- O‘tgan yili ham “Dinamo”ga qarshi o‘ynagansiz. Mutaxassis sifatida jamoaning shakllanganini sezdingizmi?

- “Dinamo” bekorga pro ligada lider emas. O‘yin tomonlama ham yaxshi va futbolchilarning saviyasi ham baland. Bu yil “Dinamo” ancha kuchli tarkibga ega. Jamoa mazmunli o‘yiniga ega.

- Chetdan qaraganda jamoangiz har tarkib, ham o‘yin jihatidan 4 kundan keyin bo‘ladigan Superliga o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rgandek tuyuldi.

- Bu to‘g‘ri fikr. Bizda kartochkalar masalasi bor va futbolchilarni rotatsiya borasida ham ko‘p o‘zgartira olmayapmiz. Tarkib tomonlama kamchiligimiz bor. Kartochkalar tufayli yigitlarimiz bir qator uchrashuvlarni o‘tkazib yubordilar. Baribir fikru, hayolimiz Superligadagi keyingi o‘yinga qaratilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!