
"Aston Villa" yana bir katta transferga qo‘l uradi
"Aston Villa" Filippe Koutinodan so‘ng yana bir transferni amalga oshirmoqda. "Everton"ning frantsiyalik futbolchisi Lyuka Din birmingem klubi bilan kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Din "sherlar" safiga 27 million evro evaziga ko‘chib o‘tadi. Ertaga u yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Lyukaga "Villa" bilan bir qatorda, "Chelsi", "Nyukasl" va "Lester" kabi klublar ham da’vogarlik qilayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Lyuka Din joriy mavsum "Everton" tarkibida 13 uchrashuvda harakat qildi.
Fikrlar