"Atalanta" "Bavariya"ning natijasini yangilashi mumkin

  • 15 iyul, 2020, 03:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atalanta" Italiya chempionati 33-turi doirasida "Breshiya"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Jan Pero Gasperini shogirdlari A Seriyaning joriy mavsumida 33 ta o‘yinda 93 ta gol kiritdi. Bu Evropa top-5 chempionatlaridagi ikkinchi natija hisoblanadi.

"Bergamoliklar"dan faqatgina 34 ta o‘yinda 100 ta gol kiritishni uddalagan "Bavariya" oldinda bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida, A Seriyaning qolgan grandlari "Yuventus" 67 ta, "Inter" va "Latsio" 68 tadan gol kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!